Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Besh tashabbus mahalla nigohida
11 Jul 2019

   Buxoro shahridagi M.Burxonov mahalla fuqarolar yig‘inida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muxim tashabbusning mahalla yoshlari hayotidagi o‘rni aks ettirilgan ko‘rgazmali tadbir bo‘lib o‘tdi.

  Birinchi tashabbus- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

  Birinchi tashabbus bo‘yicha 7- son maktab o‘quvchilari va 16- son maktab o‘quvchilari orasida asfaltga rasm chizish va rasm chizish bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi. Bellashuvda 7- son maktab o‘quvchisi Izzat Xalilov g‘olib bo‘ldi.

1.png

2.png

3.png

4.png

   Ikkinchi tashabbus- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport soxasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

   7- son maktab o‘quvchisi Muslimbek Xakimov 2019 yilning iyun oyida Ukrainaning Odessiya shaxrida bo‘lib o‘tgan “ Universal jang” bo‘yicha o‘tkazilgan sport chempionatida 1-o‘rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlangan edi. Ko‘rgazmali tadbirda tomoshabinlar yosh sportchi ishtirokidagi “master klas”dan bahramand bo‘lishdi.

5.png

6.png

   Shashka va shaxmat o‘yinlari bo‘yicha aka-uka Mirfayz va Fazliddin Amonovlar esa o‘zlarining kombinatsion o‘yinlari bilan tengdoshlarining ushbu aqliy sport turiga nisbatan qiziqishlarini uyg‘otishdi. Yosh sportchilarga Buxoro shahar Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari berildi. 

7.png

8.png

   Uchinchi tashabbus - axoli va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

   7-son maktabning 10-sinf o‘quvchilari Artikova Feruza, Gulimova Parvina, Zaripov Shamshod, Muxitdinov Ilxomlar o‘z tengdoshlariga kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashishdi. Kompyuterga qiziquvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 

9.png

   To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

   16-son maktab, 20- maktab, 7- son maktab  jamoalari  tadbirda o‘zlarining kutubxonalari bilan tashrif buyurishdi. Kutubxonadagi 240 ga yaqin badiiy kitoblarlar bilan tadbir ishtirokchilari tanishtirildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarida kitobxonlikka jalb qilish maqsadida uyda o‘tirgan o‘smir yoshlar  kutubxonaga taklif etildi. 

10.png

11.png

12.png

   Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. 

   Mazkur maqsadda fuqarolar yig‘inida  axoli mexnat yarmarkasi tashkil etildi. O’tkazilgan mehnat yarmarkasi natijasida  4 nafar fuqaro jamoat ishchisi vazifasiga jalb qilindi.  2 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma,  4 nafariga esa bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan xuquqiy maslaxatlar berildi.

14.png

      Tadbirda yosh qizlar xunarmandchilikni o‘rganish to‘garaklarida o‘z qo‘llari bilan yasalgan ijod namunalari bilan ishtirok etishdi. 

15.png

16.png



Manba: Buxoro viloyat Mahallalar kengashi / Ko'rishlar: 39

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech