Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Mahallaning yosh kitobxonlari saralandi
11 Jul 2019

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat Kengashi tomonidan “Men o‘qigan kitob” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

1.jpg

   14-20 hamda 21-30 yosh toifasida mahalla va shahar-tumanlar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 26 nafar iqtidorli o‘g‘il-qizlar ishtirok etgan viloyat bosqichida “Buyuk mutafakkir va adib” , “Badiiy asarlar bilimdoni” va “She’riyat” shartlari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

2.jpg

   Tanlovning 14-20 yosh toifasida tengdoshlariga nisbatan bilim va tafakkur qamrovini namoyon eta olgan Jondor tuman “Qazoqon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ozoda Raupova mutlaq g‘olib deb topildi. Kogon shahridagi “Turkiston” mahalla fuqarolar vakilasi Taxmina Qo‘ziyeva hamda Qorovulbozor tuman “Cho‘lquvar” mahallasidan kelgan Nodira Rahmiddinovaga mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlar nasib etdi.

   Tanlovning 21-30 yosh toifasida G’ijduvon tumani “Paxtaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Shahnoza Qodirova eng yuqori ball to‘plab, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kogon tuman “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini vakili Shukrullo To‘lanov hamda Qorako‘l tuman “Oqoltin” mahalla fuqarolar yig‘ini sha’nini himoya qilgan Marhabo Xayrullayevalar ham sovrindorlar qatoridan o‘rin olishdi.

4.jpg

   G’olib va sovrindorlar viloyat kengashining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Manba: Buxoro viloyat Mahallalar kengashi / Ko'rishlar: 102

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech