Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
BUXOROLIK FIDOYILAR “MAHALLA IFTIXORI” KO’KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
30 Sep 2019

   Buxoro viloyatida 544 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda. Oilalarni, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, bandlikni ta’minlash, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlar tarbiyasi, hududlarni obod maskanga aylantirishda mahalla fuqarolar yig‘inlarining roli tobora ortmoqda.

   Davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 iyuldagi “Mahalla iftixori“ ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori fidoyi va mahalla-ko‘y, el-yurt tashvishida tunlarni tongga ulab ishlagan yurtdoshlarimiz mehnatiga munosib rag‘bat bo‘ldi.

1.jpg

   Ushbu nishonga joriy yilda viloyatimizdan o‘zini o‘zi boshqarish organi ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 19 nafar faol va tashabbuskor fuqaro hamda jamoatchilik tuzilmalari vakillari munosib ko‘rildi.

   Shu munosabat bilan bugun, 30 sentabr kuni viloyat hokimligida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

5.jpg 

   Tadbirda “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan fuqarolarni viloyat hokimi O’ktam Barnoyev qutladi va mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

6.jpg

  -Bu ochig‘i, kamtarona mehnatimizga berilgan yuqori baho bo‘ldi,-deydi taqdirlanganlardan biri, Kogon tumanidagi “O’rtacho‘l” MFY raisi O’tkir Boqiyev. -Besh mingdan ortiq aholisiga ega mahallamizda birorta jinoyat yoki huquqbuzarlik qayd qilinmagani, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga, qolaversa, tibbiy xizmat sifati, shuningdek, hududni obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli ana shunday yutuqqa sazovor bo‘ldik. Albatta, bunda mahallamiz jamoatchiligi, boshqa faollarimizning ham xizmatlari qo‘shilgan.

Manba: Buxoro viloyat Mahallalar kengashi / Ko'rishlar: 45

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech