Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Viloyat kengashi boshqaruvi raisi nogironligi mavjud fuqaro holidan xabar oldi
18 Jul 2019

   Buxoro shahridagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Jamshid Husainov 2018 yilda baxtsiz hodisa tufayli salomatligini yo‘qotgan edi.

5 расм.jpg

   Yaqinda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi boshqaruvi raisi A.G’ulomov ushbu xonadonda bo‘lib, bemor ahvolidan xabar oldi hamda unga nogironlik aravachasini topshirdi.

1 расм.jpg

   - To‘shakka mixlangandan so‘ng mehrga, oqibatga ko‘proq tashna bo‘lar ekansan, - deydi Jamshid Husainov. – Shukr, mahalladoshlarim ana shunday og‘ir damlarimda o‘z oqibatlarini ko‘rsatishdi. Viloyat kengashi boshqaruvi raisining e’tibori esa... Buni so‘z bilan ifodalay olmayman. Aslida gap ular tomonidan berilgan aravachada emas. Ko‘ngil so‘rab kelganlarining o‘zi meni ko‘nglimni bir necha barobar ko‘tardi. Meni kimdir so‘rab keldimi, demak men kimgadir kerak ekanman. Shu bois, o‘zimga ahd qildim: kasallikka bo‘yin berish yo‘q. Tez orada dardni yengib, mayli aravachada o‘tirgan holatda ham mehnat qilishga, jamiyatga nafim tegishiga harakat qilaman

2 расм.jpg

Manba: Buxoro viloyat Mahallalar kengashi / Ko'rishlar: 24

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech